Colors
Font

Bo'sh ish o'rinlari

Arxiv muassalariga ishga qabul qilish tartibi

    Arxiv maussasalida faoliyat yuritish uchun yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeidan qat’i nazar, o’zlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko’ra axriv muassasalariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.

    Viloyat Arxiv ishi boshqarmasi xodimi shaxsiy tarkib lavozimlariga oliy ma’lumotli, o'zbek va rus  tillarida bemalol hujjat yuritish obiliyatiga ega bo’lgan shaxslar bevosita suhbat asosida qabul qilinadi.

    Sinov muddati bilan ishga qabul qilingan xodimga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun ish joyi, ichki va tashqi aloqa uchun ish telefonlari, kompyuter va boshqa texnika vositalari, lokal va korporativ aloqa, elektron pochta xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, kanselyariya jihozlari va boshqa zarur hujjatlar bilan ta’minlanadi.

    Sinov muddati bilan ishga qabul qilingan xodimni ijtimoiy muhofazasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, uning manfaatlari kasaba uyushmasi tomonidan himoya qilinadi.

    Xizmatga qabul qilinayotgan xodimlardan arxiv muassaslaridagi tartib qoidalarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 80-moddasida ko’zda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo’shimcha hujjatlar ham kerak bo’ladi. Nomzodni o’rganish jarayonida nomzodning shaxsiy jildi shakllantirib boriladi va unda quyidagi hujjatlar bo’lishi shart: 

    - nomzod to’g’risida qo’lyozma shaklda to’ldirilgan to’liq va aniq ma’lumotlar (so’rovnoma, tarjimai hol, xodimning yaqin qarindoshlari to’g’risidagi ma’lumot); 
    - pasporti hamda oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurtini tamomlaganligi to’g’risida diplom nusxalari; 
    - 2 dona 3,5x4,5 hajmdagi fotosuratlar taqdim etiladi.