Colors
Font

Murojaat qilish tartibi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risida NIZOM


 “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar Agentlikka murojaat qilish huquqiga ega.


Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo'lib murojaat etishlari mumkin.


Murojaatlar og'zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo'lishi mumkin.


Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:


ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;


taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o'z ichiga olgan murojaat;


shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to'g'risidagi talab bayon etilgan murojaat;


 anonim murojaat - jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar yoki yuridik shaxsning to'liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoxud ular haqida yolg'on ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;


 murojaatning dublikati - aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;


 takroriy murojaat - avvalgi murojaatlar bo'yicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat kilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda ko'rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo'lsa, avvalgi murojaat uchun vaqtida ko'rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;


 elektron murojaat - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.


Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.


 Agentlikning “ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar og'zaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, ro'yxatga olinadi va ko'rib chiqiladi.


 Agentlik veb-sayti orqali yoki Agentlikning elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.


O'zbekistan Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orkali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasi Hukumat portalidagi foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali “O'zarxiv” agentligi tizimidagi tashkilotlariga yuborilgan murojaatlar bilan ishlash Tartibi talablari xisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.