Colors
Font

Ochiq ma'lumotlar

Ochiq ma`lumotlar ro`yhati

1. Qashqadaryo viloyati archive ishi hududiy boshqarmasi, uning tarkibiy va hududiy bo'linmalarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar.

2. Arxiv sohasi bo'yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi to'g'risidagi ma'lumotlar.

3. Arxiv sohasi bo'yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risidagi ma'lumotlar.

4. Arxiv sohasi bo'yicha davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to'g'risidagi ma'lumotlar;

5. Arxiv sohasida o'tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to'g'risidagi ma'lumotlar.

6. Amalga oshirilishida arxiv sohasi ishtirok etayotgan O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risidagi ma'lumotlar.

7. Arxiv muassasalari tomonidan o'tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to'g'risidagi ma'lumotlar.

8. Bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo'sh ish o'rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi ma'lumotlar.

9. Arxiv sohasi bo'yicha tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to'g'risidagi ma'lumotlar;

10. Qashqadaryo viloyati archive ishi hududiy boshqarmasi ochiq hay'at majlislarini o'tkazish rejalari, shu jumladan, majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o'tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo'lish tartibi.

11. Arxiv muassasasining rahbarlari to'g'risidagi ma'lumotnoma tarzidagi axborot (biografik ma'lumotlar, fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo).

12. Arxiv muassasalarining hamda ular tarkibiy va hududiy bo'linmalarining ish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta

manzillari, elektron pochta manzillari, ma'lumot xizmati telefonlarining va ishonch telefonlarining raqamlari, jamoat transportining qatnov yo'llari, to'xtash joylarining nomlari va yo'nalish raqamlari.

13. Arxiv muassasalari tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarining ro'yxati.

14. Arxiv muassasalarining faoliyati to'g'risidagi tahliliy ma'ruzalar hamda axborot tusidagi sharhlar.

15. Arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni qabul qilish tartibi to'g'risida axborot.

16. Arxiv muassasalarining faoliyati to'g'risida axborot olishga doir so'rovlarni qabul qilish tartibi haqidagi axborot.

17. Kelib tushgan arizalarni, takliflarni, shikoyatlarni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida axborot olishga doir so'rovlarni ko'rib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.