Colors
Font

Tarixi

Qashqadaryo viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasi haqida tarixiy ma’lumotnoma

    O‘zSSR Xalq Komissarlar Soveti 1943 yil 18 fevraldagi  qarorining ijrosini ta’minlash uchun O‘zSSR Oliy Sovetining 1943 yil 22 maydagi №3-son qarori bilan Qashqadaryo oblast ichki ishlar boshqarmasi Qashqadaryo oblast arxiv bo‘limi tashkil etilgan.
   
    Berilgan vazifalarini o‘z vaqtida bajarish maqsadida 1946 yilda qayta nomlanib Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Arxiv bo‘limi deb yuritilgan.
    
    O‘zSSR Oliy Sovetining Prezidiumining roziligi bilan 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati tugatilgan. Shunga asoslanib O‘ZSSR Ichki ishlar Ministrligining 1960 yil 28.01.dagi №12/64-sonli xati bilan Arxiv bo‘limi ham tugatilgan.
    
    1965 yilda Qashqadaryo oblasti qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Qashqadaryo oblast mehnatkashlar deputatlari Soveti ijroiya qumitasining 1965 yil 13.04.dagi №7-206-sonli qarori bilan Qashqadaryo oblast xalq deputatlari Soveti ijroiya qumitasi Arxiv bo‘limi tashkil etilgan.

    1997 yildan 2003 yilgacha Qashqadaryo viloyat hokimligi Arxiv bo‘limi deb yuritildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 03 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Qashqadaryo viloyat Arxiv ishi boshqarmasi deb hozirgacha chu  nom bilan kelmoqda.